Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» Angliya Kubogida yirik g‘alabaga erishdi
Angliya Kubogining 1/16 finalida «Chelsi» «Nyukasl Yunayted»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Londondagi «Stemford Bridj» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda maydon egalari safida Mishi Batshuayi dubl qayd etdi, ikkinchi bo‘limda ispaniyalik himoyachi Markos Alonso jarima zarbasini golga aylantirib londonliklar jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.
Bu g‘alaba evaziga «Chelsi» turnirning 1/8 finaliga chiqdi. Angliya Kubogining navbatdagi bosqichidagi juftliklar qur'a orqali aniqlanadi.
Angliya Kubogi
4-bosqich
Chelsi – Nyukasl 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 31 Batshuayi, 2:0 – 44 Batshuayi, 3:0 – 72 Alonso.
Chelsi – Kabalero, Keyxill, Kristensen, Alonso, Ryudiger, Pedro (Xadson-Odoi, 81), Kante (Ampadu, 78), Azar (Barkli, 73), Drinkuoter, Dzappakosta, Batshuayi.
Nyukasl – Darlou, Lassels, Mbemba, Edara, Klark, Seve, Xeyden (Atsu, 83), Ritchi, Shelvi, Mankilo (Merfi, 77), Geyl (Xoselu, 64).
Ogohlantirish: Mbemba (17)
Mavzuga oid
23:01 / 17.05.2025
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025