Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havaskor astronom NASA 12 yil avval yo‘qotgan sun'iy yo‘ldoshni aniqladi
Astronomiyaga qiziquvchi kanadalik NASA koinot agentligi 12 yil avval yo‘qotgan sun'iy yo‘ldoshni aniqlay oldi. Bu haqda Tech Times nashri xabar bermoqda.
Havaskor astronom AQShning yaqinda yo‘qolib qolgan maxfiy sun'iy yo‘ldoshi Zuma’ni aniqlamoqchi bo‘lgan, biroq buning o‘rniga ancha avval yo‘qolgan sun'iy yo‘ldoshdan kelayotgan signallarni eshitgan. Uning taxminicha, bu signallar IMAGE sun'iy yo‘ldoshiga tegishli bo‘lgan.
U bu haqda shaxsiy blogida yozgan. Dastlab bu hech kimni qiziqtirmagan, biroq keyinroq kanadalik IMAGE’ning bosh sarmoyachilaridan biri Jyeyms Berch bilan bog‘langan. Bir necha kundan keyin Goddard nomidagi koinot parvozlari markazi muhandislari IMAGE’dan signalni ushlay olishganini tasdiqlashgan.
IMAGE (Imager for Magnetopause-to-Aurora Global Exploration) sun'iy yo‘ldoshi 2000 yilda Yerning magnitosferasini o‘rganish uchun fazoga uchirilgan. 2005 yilda olimlar u bilan aloqani yo‘qotishgan va uni koinotda yo‘qolgan deb tan olishgan. Taxmin qilinishicha, sun'iy yo‘ldosh o‘tgan yilgi quyosh tutilishi vaqtida ishga tushib ketgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj
07:50 / 29.04.2025
Amazon orbitaga Starlink uchun raqobatchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi
18:36 / 10.04.2025