O‘zbekiston | 17:15 / 29.01.2018
34813
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini qachon tiklashi aytildi

Foto: RIA "Novosti"

Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini Bishkek IEM ta'mirdan chiqarilganidan so‘ng boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston «Milliy energetika holdingi» boshqaruvi raisi Oybek Kaliyev jurnalistlar bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Qirg‘iziston OAV xabariga ko‘ra esa, Milliy energetika holdingi Bishkek IEMdagi avariya bartaraf etilganidan so‘ng O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini tiklaydi.

«IEMdagi avariya va O‘zbekiston elektr energiyasi eksporti o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q. Biz eksport qilayotgan hajm to‘la balansdadir. Biz bugun eksportni tiklash maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblamoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Kaliyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston sovuqlar tufayli O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini to‘xtatgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid