O‘zbekiston | 08:56 / 29.01.2018
26523
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan qirg‘izistonlik oyog‘idan yaralandi

Foto: Illyustrativ foto

O‘zbekiston chegara naryadi 27 yanvar kuni Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan qurol qo‘lladi. Bu haqda qirg‘iz OAV Davlat chegara xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Jalolobod viloyatining Ola-Bo‘ka tumani Ajak qishlog‘ida yashovchi A.U. mayda shoxli molni davlat chegarasi yaqinida o‘tlatish vaqtida O‘zbekiston hududiga o‘tib ketgan.

O‘zbekiston chegara xizmati vakilining xabar berishiga ko‘ra, qirg‘izistonlik o‘zbek chegarachilari naryadi tomonidan aniqlangan va qo‘lga olish chog‘ida O‘zbekiston hududidan Qirg‘iziston tomonga qochishga uringan.

O‘zbek tomonining ta'kidlashicha, O‘zbekiston chegarachilari qurol qo‘llashga majbur bo‘lishgan, sababi qonunbuzar ogohlantiruvlar va talablarga e'tibor bermagan, kechki payt bo‘lgani sababi chegara otryadi u oddiy fuqaro ekanini aniqlay olmagan. Natijada Qirg‘iziston fuqarosi chap oyog‘idan yaralangan.

Qirg‘izistonlik qo‘lga olinganidan so‘ng Namangan viloyatning Chust tumani shifoxonasiga yetkazilgan. Ayni damda uning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda. 

Qirg‘iziston chegara xizmati vakillari O‘zbekiston vakillari bilan bu borada darhol muzokaralar o‘tkazishgan. Muzokaralar yakuni bo‘yicha Qirg‘iziston fuqarosini surishtiruv ishlari yakunlangan va u sog‘ayib ketgach qirg‘iz tomoniga topshirish haqida qaror qabul qilingan. 

Mavzuga oid