Fan-texnika | 17:00 / 01.02.2018
13548
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram'ning App Store'dan g‘oyib bo‘lishiga izoh berildi

Foto: KUN.UZ

Telegram messenjeri nojoiz kontent tufayli ilovalar do‘konidan o‘chirilgan. Messenjer asoschisi Pavel Durov Twitter foydalanuvchilaridan birining savoliga shunday javob bergan. 

"Biz Apple tomonidan foydalanuvchilarimizda nojoiz kontentga kirish imkoni paydo bo‘lgani va ikki ilova ham App Store'dan o‘chirilganidan xabardor qilindik, - deb yozadi messenjer muallifi. - Filtrlar (nojoiz kontentlarga qarshi) o‘rnatilishi bilan ilovalar App Store'ga qaytishi kutilmoqda". 

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Apple nojoiz kontentlarga juda keskin munosabatda bo‘lib, uni filtrlashni talab qiladi. "Bizning taxminlarimizga ko‘ra, Telegram'ning ilovalar do‘koniga qaytishi zarur qayta ishlovlardan so‘ng, bir-ikki hafta davomida ro‘y beradi". 

Mavzuga oid