Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya terma jamoasi Olimpiadaga yetib keldi (fotojamlanma)
1 fevral kechki payt Shimoliy Koreya terma jamoasi Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida o‘tadigan Olimpiadaga yetib keldi. Shimoliy Koreya delegatsiyasi 32 kishi, jumladan 10 sportchidan iborat bo‘lgan. Ular orasida figurali uchuvchilar, chang‘ichilar va konkichilar bor bo‘lgan. Bundan tashqari, shimollik ayol xokkeychilar Olimpiadada janubliklar bilan birga birlashgan terma jamoa safida ishtirok etadilar. Olimpiada ochilish marosimida ikki davlat terma jamoalari birlashgan Koreya bayrog‘i ostida yurib o‘tadilar.
1 fevralda kelganlar Shimoliy Koreya terma jamoasining bir qismi bo‘lib, umumiy hisobda Pyongchangga 150 shimollik keladi. Ular 2 fevralda Olimpiada obektlarida birinchi mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi.
Bir haftadan keyin Janubiy Koreyaga Shimoldan 230 muxlis va jurnalist yetib keladi. Shuningdek, Olimpiadada shimoliy koreyalik txekvondo ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025