Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh butun dunyo bo‘ylab yadroviy qurol tashiy oluvchi aviatsiya joylashtiradi
AQSh butun dunyo bo‘ylab ham oddiy qurol, ham yadroviy qurol tashiy oluvchi “ikki maqsaddagi” aviatsiyani joylashtiradi. Bu haqda AQShning yangi yadroviy doktrinasida aytilgan.
“AQSh zaruratga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab ikki maqsaddagi samolyotlar va yadroviy bombardimonchilarni yanada ko‘proq joylashtirish bo‘yicha imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi va mustahkamlaydi. Biz yadroviy imkoniyatlarga ega ikki maqsaddagi bunday samolyotlarni F-35 samolyotlari hisobiga yangilamoqchimiz”, deyilgan hujjatda. Bunday aviatsiya joylashtiriladigan hududlar sifatida Yevropa ko‘rsatilgan.
F-35 5-avloddagi eng yangi qiruvchi-bombardimonchi samolyot bo‘lib, AQSh qurolli kuchlariga oxirgi yillarda yetkazila boshlangan. Ushbu samolyotlarni AQShning bir qator ittifoqdoshlariga ham yetkazish rejalashtirilgan. Avval F-35’larga yadroviy qurol o‘rnatilmagan, biroq samolyotni loyihalash vaqtida buning texnik imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025