Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodagi Bahouddin Naqshband qadamjosidagi masjid rasman faoliyatini boshladi
Surxondaryo viloyatining, Sariosiyo tumanidagi Nilu qishlog‘i aholisi 2070 nafar kishidan iborat bo‘lib, qishloq markazida “Sarihavz” nomi bilan mashhur ziyoratgoh (majmua) bor, uning ikkinchi nomi “Bahouddini balogardon”. Bu muborak qadamjo Bahouddin Naqshband hazratlarining qadamjolari bo‘lib, mazkur majmuaga masjid binosi (juda ko‘rkam), hovuz (suvi tiniq, sof, shirin, qishda iliq, yozda sovuq, Nilu qishlog‘ining aholisi uchun yagona ichimlik manbai), tut va chinor (aylanasi 35-36 metr, balandligi 70 metr va O‘rta Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadigan) tabarruk daraxtlari kiradi.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi o‘z sahifasida ma'lum qilishicha, bugun, 3 fevral kuni mazkur majsid rasman ish faoliyatini boshlagan. “Ushbu hududdagi aholining bir necha km uzoqlikdagi masjidlarga qatnashiga zarurat qolmadi”, deb yozadi E.Turdimov.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025