Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyati prokurori tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq, Jizzax viloyat prokurori tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari bilan Jizzax shahar va tumanlarda ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni eshitish, qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor - prokuror himoyasida” mavzusi ostida joriy yilning 6 fevral kuni Jizzax shahar va Sharof Rashidov tumani tadbirkorlari bilan ochiq muloqot Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda, Jizzax viloyat prokurori Islam Ergashxodjayev, Jizzax shahar hokimi va o‘rinbosari hamda viloyat va tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtikor etdi. Muloqotda 250 nafardan ziyod tadbirkor o‘z muammolari, taklif va loyihalari bilan qatnashdi. Uchrashuvda tadbirkorlar viloyat prokurori va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, o‘z fikr-mulohazalar bildirdi.
Shu kuni Do‘stlik, Mirzacho‘l va Arnasoy tumani tadbirkorlari uchun Do‘stlik tumani Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 300 nafardan ziyod tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvlarda tadbirkorlardan 70 dan ziyod ariza qabul qilindi va ushbu arizalarni qonuniy yechimi topilib, ijobiy hal etilmoqda.
7 fevral kuni esa Paxtakor va Zafarobod tumani tadbirkorlari bilan tumandagi Madaniyat saroyida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Tadbirkor-prokuror himoyasida” mavzusida tadbirkorlar bilan Ochiq muloqot davom etmoqda.
Mavzuga oid
15:42 / 29.06.2024
“Elektroset” ogohlantirmasdan svetni o‘chirsa, javobgarlikka tortish taklif etilmoqda - biznes ombudsman
08:08 / 10.06.2024
Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi
19:38 / 08.06.2024
Yakuniy benefitsiarlarni ochiqlash haqidagi qonun taqdiri nima bo‘ldi?
15:18 / 22.04.2024