Jahon | 22:08 / 11.02.2018
15031
2 daqiqa o‘qiladi

Seulda Shimoliy Koreyaga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Foto: yonhapnews

Janubiy Koreya poytaxti Seulda Shimoliy Koreyaning musiqiy guruhi ishtiroq etishi kerak bo‘lgan maydonda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Shimolga qarshi qaratilgan namoyishlar davomida Shimoliy Koreya bayrog‘i yoqib yuborilgan. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.  

Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, shahar markazida 1,3 mingga yaqin odam yig‘ilib, shimoliy koreyalik sportchilarning Olimpiadada birlashgan Koreya jamoasi tarkibida o‘ynayotganiga qarshi norozilik bildirishgan. Ma'lum qilinishicha, Shimoliy Koreya bayrog‘idan tashqari, namoyishchilar shimollik muxlisalarni tasvirlovchi niqoblarni hamda birlashgan Koreya bayrog‘ini yoqishgan. Politsiya o‘to‘chirgichlar yordamida olovni o‘chirishga harakat qilgan, biroq namoyishchilar tomondan qarshilikka uchragan.

Bundan tashqari, namoyishchilar Shimoliy Koreyaning birinchi rahbari Kim Ir Sen va amaldagi yetakchisi Kim Chen Inning suratlarini yoqishga harakat qilishgan, biroq bunga politsiya yo‘l qo‘ymagan. 

Mavzuga oid