Zidan «PSJ»ga qarshi o‘yinda hiyla ishlatmoqchi

Foto: Getty Images
«Real» yarimhimoyachisi Isko Chempionlar Ligasi nimchorakfinalidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi, deb xabar bermoqda COPE.
Bosh murabbiy Zinedin Zidan kutilmaganda Garet Beylni zaxirada qoldirib, ispaniyalik futbolchini hujumning o‘ng qanotida maydonga tushirmoqchi. Ayni paytda, fransiyalik mutaxassisning bu qarori taktika hiylasi bilan bog‘liq, chunki Beyl hech qanday jarohat olmagan va soppa-sog‘.
Eslatib o‘tamiz, «Real» - «PSJ» bahsi 15 fevral kuni soat 00:45da boshlanadi.
Mavzuga oid

10:53 / 01.05.2025
YeChLda yana bir supero‘yin. «Barselona» va «Inter» jami 6 ta gol urishdi

13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?

10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi

16:20 / 29.04.2025