Jahon | 09:58 / 15.02.2018
10749
1 daqiqa o‘qiladi

Onlayn-auksionda og‘irligi 30 kilogrammdan ortiq bo‘lgan meteorit bo‘lagi sotildi

AQShdagi Arizona krateridan topilgan, og‘irligi 30 kilogrammdan ortiq bo‘lgan noyob meteorit bo‘lagi Christie's auksion uyi internet-savdolarida 237,5 ming dollarga sotildi. Bu haqda CNBC telekanali xabar qilmoqda.

Temir meteorit, deb ataluvchi osmon jismi taxminan 50 ming yil avval meteorit qulashi natijasida paydo bo‘lgan Arizona krateri yaqinidan topildi. Lotning taxminan qiymati 150-250 ming dollarga baholandi. Kosmik obekt bo‘lagini kim xarid qilgani xabar berilmayapti.

"Bu juda noodatiy bo‘lak. Ulardan ko‘pchiligi juda silliq emas, biroq bunda yuzasi ancha bukilgan, u Henri Murning haykaltaroshlik namunasini eslatib yuboradi", - deya aytib o‘tdi lotning sobiq egasi Derril Pitt.

Mavzuga oid