Kelajak oshxonasiga sayohat (fotojamlanma)
Ushbu kontsept IKEA tomonidan IDEO London dizaynerlik firmasi va "2025 yilda bizning taomga nisbatan munosabatimizga ta'sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, texnologik va demografik omillar yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
1. 2025 yilga xush kelibsiz. Zamonaviy oshxona mana shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi.
2. Sifati buzilishiga oz qolgan pomidorni nima qilishni bilmayapsizmi? Tezkor va yengil retseptga ega bo‘lish uchun bu pomidorni stol ustiga qo‘ying. Bunday holatda maqsad - oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish.
3. Retsept stol ustida ko‘rsatiladi, shunday ekan, iPad'ni divanda qoldirishingiz mumkin.
4. Kichik kvartiralar aholisi uchun stol plita o‘rnini bosadigan bo‘ladi. Unda yashirin induksion xususiyatlar mahsulotlarni kastryul va tovalarning ichidan isitadi, oshxona jihozi tashqarisidan emas. Shu tufayli kelgusida stoldan ham ishlash, ham ovqat tayyorlash, ham ovqatlanish vositasi sifatida foydalanish mumkin.
5. Kelajak bufeti muzlatilgan mahsulotlarni ko‘z ostida saqlash imkonini beradi. Shu tariqa siz hadeb muzlatgich eshigini ochish zaruratidan xalos bo‘lasiz.
6. Mahsulotlar shaffof konteynerlarda saqlanadi, ularning ichki haroratini tokchalarga o‘rnatilgan induksion muzlatish texnologiyalari yordamida nazorat qilish mumkin.
7. Ushbu baliq bo‘lagi "Tselsiy bo‘yicha 2 daraja" yozuvli konteyner ichiga joylangan. Tokcha siz baliqli taom tayyorlashga qaror qilmaguningizga qadar shu haroratni qo‘llab-quvvatlaydi.
8. Suv ta'minoti tizimi suvdan foydalanishda yanada mas'uliyatli yondashuvni taklif qiladi. U ikki rakovinaga ega: kanalizatsiyaga oqib ketuvchi ifloslangan "qora suv" uchun va idish yuvadigan mashina yoki o‘simliklarga suv quyishda takroran foydalaniluvchi "kulrang suv" uchun.
9. Maxsus utilizatsiya tizimi bizni nimalarni tashlayotganimizni kuzatishga majbur qiladi. Qo‘lda saralangan chiqindi presslanadi, muhrlanadi va qadoqlanadi.
Mavzuga oid
11:20 / 26.05.2024
Anqarada «Asrlar ta’mlari uchrashuvi: Yetti mintaqada turk oshxonasi» ko‘rgazmasi ochildi - fotolar
12:10 / 22.04.2024
Xom go‘shtni yuvib ishlatish kerak emas. Nega?
18:17 / 28.08.2023
Maktab oshxonalarida tayyorlash va sotish taqiqlangan mahsulotlar haqida ma’lumot berildi
14:05 / 10.06.2023