Jahon | 08:35 / 19.02.2018
26337
2 daqiqa o‘qiladi

Samolet o‘zidan yomon hid taratgan yo‘lovchi tufayli favqulodda qo‘ndi

Transavia Airlines aviakompaniyasi samolyoti reys davomida ichak gazini o‘zidan chiqargan yo‘lovchi tufayli Venaga rejadan tashqari qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Dubay – Amsterdam yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan samolyot yo‘lovchisi ustidan dastlab oldinda o‘tirgan ikki niderlandiyalik shikoyat qilgan. Transavia Airlines loukosteri xodimlari undan havoni ifloslantirmaslikni so‘rashgan, biroq yo‘lovchi bunga e'tibor ham bermagan. Keyinchalik bu jarayonga havo kemasi kapitani qo‘shildi, ammo yo‘lovchi o‘zidan ichak gazi chiqarishda davom etgan. Shunda Vena aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirish haqida qaror qabul qilindi.

Samolyot kapitani mahalliy politsiyaga «bebosh yo‘lovchi» haqida xabar berdi va layner qo‘nganidan so‘ng u reysdan chiqarib olindi.

 

Mavzuga oid