Jamiyat | 14:35 / 19.02.2018
36119
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Viloyatlar bo‘ylab taksi orqali jo‘natmalar yuborish qanchalik xavfsiz?

Foto: Fargo

Dushanba - haftaning boshi. Yakshanba kungi dam olishdan keyin ishga kelsam, rahbar shanba kuni Samarqandga ketgan sayyohimizning kitobi mehmonxonada qolib ketganini va uni tezlik bilan jo‘natib yuborishni so‘rashdi. Endi nima qilsam ekan? 

Qo‘limga telefonni olib, tanigan-bilgan tanish haydovchilarga qo‘ng‘iroq qila boshladim. Aksiga olib, hech biri ayni damda Toshkentda emas ekan. Atrofdagilardan ham Samarqandga ketadigan birodari bor-yo‘qligini so‘ray boshladim. Afsuski, hech kim yaqin orada ketmas ekan. Endi faqatgina bir yo‘li qoldi, xolos. Ertaga vokzalga borib, Samarqandga ketuvchi yo‘lovchilardan kitobni olib ketishlarini iltimos qilaman yoki o‘zim Olmazor metrosidan Samarqandga qatnaydigan haydovchilar bilan ketaman. 

Qachon boraman-u, qachon qachon qaytaman. Kamida yarim kunim yo‘lda o‘tadi. Bu vaq ichida ishxonada qancha ishimni bitirgan bo‘lar edim. Bundan tashqari, avtomobilga ham yoqilg‘i xarajati... Shunday xayollar bilan hunobim oshib turgan edi, yaqin do‘stim Azamat kelib qoldi.

- Tinchlikmi, nega avzoing buzuq?
- Ey, do‘stim, yaxshi ham kelib qolding. Vaqting bo‘lsa, shu omonatni Samarqandga yuborish kerak. Birga borib kela olasanmi? 
- Shu birgina narsani topshirish uchun soatlab vaqtingni sarflamoqchimisan. FARGO orqali yuborsang bo‘lmaydimi? 2000037ga telefon qilasan, kurerlarning o‘zi kelib, jo‘natmangni aytgan manzilinga tezda yetkazib berishadi. Narhi ham hamyonbop. Jo‘natgan narsangni bemalol Fargo.uz saytida kuzatib turishing ham mumkin. Pulingga achinmasang ham, vaqtingga achin. Muhim jo‘natmalarni yetkazishni o‘z ishining mutaxassislariga topshirish vaqti keldi.

Foto: Fargo

Bu kabi hodisalar hayotimizda ko‘p uchrab turadi. Ba'zan muhim hujjatlarni, buyurtmalarni respublikamizning turli hududlariga zudlik bilan yetkazishga to‘g‘ri keladi. Odatda, bunday vaziyatlarda biz viloyatlar bo‘ylab qatnaydigan "taksi" xizmatiga murojaat qilishga o‘rganganmiz.

Biroq bunday yo‘l tutish qanchalik to‘g‘ri? Jo‘natmalarning o‘z vaqtida egasiga yetib borishini kim kafolatlaydi? 

Aholi yo‘l-yo‘lakay buyurtmalarni olib ketuvchi taksi xizmatlaridan foydalanishga odatlanib qolishiga qaramay, uning o‘ziga yarasha bir qator kamchiliklari mavjud: 

  • Siz aynan belgilangan manzilga boradigan haydovchini topish va uni ko‘ndirish uchun uzoq vaqt sarflaysiz;
  • Jo‘natmalarning kerakli muddatda saqlangan holatda yetib borishiga hech kim to‘liq kafolat bermaydi;
  • Ba'zan jo‘natmalarni qabul qilayotgan odam haydovchi aytgan manzilga kelishi talab qilinadi. Shuningdek, ulardan qo‘shimcha xizmat haqi ham so‘ralishi ehtimoldan xoli emas. 
  • Jo‘natmalar kechikib yoki mijoz uchun noqulay vaqtda (tungi soatlarda) yetib kelishi mumkin.

Endi bunday holatlarning oldini olish uchun O‘zbekistonda ishonchli kurerlik kompaniyasi faoliyat olib bormoqda.

Foto: Fargo

Kurerlik xizmati nima?

Kurerlik xizmati - hujjatlar, pochta jo‘natmalari va yuklarni kerakli joyga eng yaxshi va ishonchli yetkazish usulidir. Yetkazib berishning bu turi kun sayin katta kompaniyalar, tashkilotlar, brendlar, hattoki, jismoniy shaxslar o‘rtasida ommalashib bormoqda.

FARGO Parcel Service — O‘zbekiston bo‘ylab tezkor jo‘natmalarni mijozning talabiga ko‘ra, o‘z manziliga xavfsiz, ishonchli va kafolatlangan holda 24 soat ichida yetkazib beradi. 
Mijozlar to‘lovlarni istalgan usulda amalga oshirishi mumkin: naqd, terminal orqali yoki onlayn tazda (Click, PayMe).

Ishonch, xavfsizlik va tezkor xizmatni tanlash vaqti keldi. Jo‘natmalaringizni ishonchli qo‘llar orqali egasiga yetkazing. FARGO Parcel Service - hamisha xizmatingizda!

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Xonzodabegim ko‘chasi, 9-uy

Ish vaqti: 9:00-18:00
Telefon: +998 (71) 2072020
+998 (71) 2000037
Korporativ bo‘lim: +998 (95) 1984114
Sayt: fargo.uz
Facebook: www.fb.com/fargo.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid