INTeRVYu | 12:30 / 19.02.2018
18142
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyati yo‘llarini to‘la ta'mirlashga qancha muddat ketishi aytildi (videosuhbat)

KUN.UZ tahririyati kelib tushgan murojaatlar asosida Jizzax viloyatiga safar uyushtirdi. Mazkur safar davomida aholini qiynab kelayotgan turli muammolar o‘rganildi, shu bilan birga, mazkur murojaatlar yuzasidan viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ergash Saliyev bilan suhbatlashildi.

Ergash Saliyev viloyatning ichki va magistral yo‘llaridagi holat haqida to‘xtalib o‘tar ekan, shunday dedi:

- Yo‘llar qilinyapti. Biz bu sohada o‘tgan yilgiga qaraganda 40 foiz qo‘shimcha hajmdagi ishlarni bajarishni rejalashtirganmiz. Toki biz yo‘l qurilishida ekspluatatsiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmas ekanmiz, bajarilgan ishlar samarasiz ketaveradi. Masalan, Arnasoyda markaziy yo‘l qilindi, biroq shu yo‘l ham buzildi. Sifatsiz qilingani uchun emas. Yo‘ldan foydalanish qonun-qoidalari bor. Masalan bug‘doy tashishga mo‘ljallangan mashinalar ustiga tosh ortib, u yo‘llardan o‘tib ketishyapti, bu esa yo‘llarning yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Albatta, yildan yilga o‘zgarishlar bo‘lmoqda. 20 yil oldingi Jizzax yo‘llari bilan hozirgi yo‘llar orasidagi farq yer bilan osmonchalik. Bundan tashqari, Tojikiston Respublikasi bilan chegarada ikkita yangi post qurilish ishlari ketmoqda va undagi yo‘llar sifati ham yaxshilanmoqda.

Yo‘l bo‘ldi, degani masala hal bo‘ldi, degani emas. Oradan besh-olti yil o‘tib uni ta'mirlash kerak, ustiga yana qatlam yotqizish kerak... Aytmoqchimanki, bu hech qachon tugamaydigan jarayon. Ochiq aytadigan bo‘lsak, viloyat ichki yo‘llarini to‘la ta'mirlashga besh-olti yilda erishishni rejalashtirganmiz.

Mavzuga oid