O‘zbekiston | 14:41 / 21.02.2018
4952
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov GFR elchisini qabul qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Gunter Overfeldni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida 2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli xalqaro konferensiya kun tartibi va unda Germaniya ishtiroki bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mavzuga oid