Jahon | 14:39 / 21.02.2018
12200
2 daqiqa o‘qiladi

Abe Kim Chen Inga shaxsiy xabar yuborganini aytdi

Foto: Reuters

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Pyongchangga tashrifi davomida KXDR yetakchisi Kim Chen Inga og‘zaki xabar yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Yaponiya hukumati rahbari bu haqda chorshanba kuni Tokioda hukmron koalitsiyaga kiruvchi “Komeyto” partiyasi rahbari Natsuo Yamaguti bilan suhbat davomida aytib o‘tgan. 

Bosh vazir, Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, unga Pyongchangda KXDR delegatsiyasi rahbari, mamlakat Oliy xalq yig‘ilishi prezidiumi raisi Kim Yon Nam bilan uchrashuvi haqida gapirib bergan. "Men undan Koreya Mehnat partiyasi raisi Kim Chen Inga bizning mamlakatning o‘g‘rilab ketilgan yapon fuqarolari, Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturiga bo‘lgan munosabatimiz bo‘yicha pozitsiyani shaxsan yetkazishni so‘radim", - degan bosh vazir.

Uning aniqlik kiritishicha, Kim Yon Nam bilan qisqa suhbat qishki Olimpiada ochilish marosimidan avval o‘tkazilgan qabulda yuz bergan. "Bu uchrashuv g‘oyat ahamiyatli edi. Men noyob imkoniyatdan foydalanishga muvaffaq bo‘ldim", - deya ma'lum qilgan Abe.

Mavzuga oid