O‘zbekiston | 10:36 / 21.02.2018
13346
2 daqiqa o‘qiladi

Axborot texnologiyalari vazirligida 4 ta tarkibiy bo‘linma tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.

Qaror bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida 4 ta quyidagi tarkibiy bo‘linma tashkil etildi:

Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Axborot xavfsizligi boshqarmasi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi hamda  "Xavfsiz shahar" kompleksini tashkil qilish loyihasini keng ko‘lamda va sifatli amalga oshirishga mas'ul Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimlari bekor qilindi.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi, Markaziy apparati tuzilmasi va hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.

Hududiy boshqarma boshliqlari maqomi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar  hokimlarining o‘rinbosarlariga tenglashtirildi.

Mavzuga oid