Jahon | 12:19 / 21.02.2018
6840
1 daqiqa o‘qiladi

MDHga a'zo 6 mamlakat maxsus xizmatlari aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi

Foto: RIA "Novosti"

Joriy yilning avgust-sentabr oylarida MDHning olti mamlakatida maxsus xizmatlar birgalikda  aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Mazkur tadbirlar ikki bosqichda tashkil etilib, uning yakuniy qismi Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Bu haqida MDH Aksilterror markazi rahbari, general-polkovnik Andrey Novikov ma'lumot bergan. Uning aytishiga qaraganda, ushbu markaz tomonidan shu kabi mashg‘ulotlar ikki yildan beri olib borilyapti. Ular O‘rta Osiyoda xalqaro terrorchilikka qarshi qalqon vazifasini bajaradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid