Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ortiqcha to‘langan pensiya mablag‘i uch yil uchun qaytariladi
Pensioner Pensiya jamg‘armasi bo‘limining ortiqcha to‘langan pensiya summasini ushlab qolish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lsa, aniqlangan qarzdorlikni undirishning yangi tartibi amaliyotga kiritildi. Bu haqda Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning tegishli buyrug‘ida bayon etilgan.
Ma'lum qilinishicha, aniqlangan qarzdorlik u aniqlangan sanadan boshlab ko‘pi bilan uch yil uchun sud orqali undiriladi. Bundan avvalgi tartib bo‘yicha, pensionerga yoki nafaqa oluvchiga ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalar summasini undirish haqidagi komissiya qarori yuzasidan yuqori organga va (yoki) sudga shikoyat qilishi mumkin bo‘lgan. Shuningdek, sudga da'vo arizasi kiritilganda chegirma qilish to‘g‘risidagi komissiya qarori to‘xtatib turilardi.
Ma'lumot uchun, vakolatli vazirlik va tashkilotlar tomonidan tez orada davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalasida yangi qaror loyihasi ham tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
11:37 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
11:03 / 08.06.2024