Jamiyat | 13:00 / 21.02.2018
70127
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent yuridik kollejida kursdoshini pichoqlagan o‘quvchiga hukm chiqarildi

Skrinshot: YouTube

Toshkentning Uchtepa tuman sudi tomonidan Saidkamron Saidvohidovga hukm chiqarildi. U Toshkent yuridik kollejida 2017 yil oktabrida yuz bergan pichoqbozlik yuzasidan asosiy ayblanuvchiga aylangan. Bu haqda «Yoshlar» telekanalidagi lavhada xabar qilindi.

Tuman sudi hukmi bilan kursdoshining umriga zomin bo‘lgan S.Saidvohidov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyi boshlarida Toshkent yuridik kollejida qotillik ro‘y bergani, bir o‘quvchi boshqasini pichoqlagani xabar qilingandi. Dekabr oyi oxirida esa Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova ayni vaqtda qamoqda saqlanayotgani, unga nisbatan davlat byudjyeti mablag‘larini yirik miqdorda talon-toroj qilish, yuridik kollejga noqonuniy yo‘l bilan o‘qishga kirgan talabalarga diplomlar berish kabi ayblovlar ilgari surilayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid