Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3 shaxs “Lasetti”dagi fuqaroga elektroshoker ishlatdi
2018 yilning 13 yanvar kuni 3 nafar noma'lum shaxs Muqimiy ko‘chasida to‘xtab turgan “PREMIUM COMMUNICATIONS” MChJga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinaga hujum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular avtomashina ichida bo‘lgan S.Sh. va Ya.Ya.ning turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazib, pichoq va pnevmatik pistolet bilan qo‘rqitishgan hamda S.Sh.ni elektroshoker bilan urib, falaj holatga keltirib, unga tegishli 15 mln. so‘m hamda Ya.Ya.ga tegishli 8 mln. so‘m pullarni olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumani R.Ashurov ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan U.S. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan. Uning sheriklarini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025