Sport | 09:31 / 26.02.2018
10343
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh termasi Olimpiadada ishonchni oqlamadi - Washington Post

Foto: Carlos Barria/Reuters

The Washington Post gazetasi AQSh terma jamoasi Olimpiada-2018da amerikalik ishqibozlar ishonchini oqlamagani haqida so‘z yuritilgan maqola e'lon qildi. Maqolada aynan ishonch haqidagi so‘zlar sarlavhaga olib chiqilgan, deb xabar beradi TASS.

«AQSh terma jamoasi bu qishki O‘yinlarni 23ta medal bilan yakunladi. Bu 1998 yildan beri eng past natija bo‘ldi, o‘shanda amerikaliklar sportchilar uyga 13ta medal bilan qaytishgan.

Ular Sochida 28 ta va 2010 yili Vankuverda 37 ta medalni qo‘lga kiritdi. Pyongchangda uch mamlakat ularni jamoaviy hisobda ortda qoldirdi - Norvegiya (39), Germaniya (31) va Kanada (29)», - deya yozilgan gazetadagi maqolada.

Eslatilishicha, Janubiy Koreyaga qishki O‘yinlar tarixidagi eng ko‘p sonli terma jamoa yo‘l olgandi – 241 sportchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiya qishki Olimpiadalardagi medallar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid