Sport | 21:26 / 26.02.2018
27647
1 daqiqa o‘qiladi

Neymarning qachon safga qaytishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Neymar Fransiya chempionatidan o‘rin olgan «Marsel»ga (3:0) qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni zambilda tark etgan edi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va uning natijalari «PSJ» muxlislari uchun qayg‘uli.

Endi Neymar kamida uch hafta davolanadi va Chempionlar Ligasi nimchorakfinalidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuboradi.

Mavzuga oid