Fan-texnika | 23:31 / 26.02.2018
8885
2 daqiqa o‘qiladi

Ilk elektron yuk mashinasi 1,5 yilga yetmay xarajatlarni qoplashi taxmin qilindi

Foto: CleanTechnica

Yuk mashinasining taqdimot marosimida u nafaqat samarali energiya sarflash hisobiga, balki arzon xizmatlar tufayli ham tejamli ekani qayd etildi. DHL'da bu so‘zlarni ishonchli deb baholab, Tesla Semi 1,5 yildayoq daromad keltiradi degan xulosaga kelishdi. Slean Technica shu haqida xabar berdi. 

DHL transport yo‘nalishi prezidenti Jim Monkmayyer xarajatlarni qoplash deganda yuk mashinasi kamomad keltiradigan emas, faqat tejaydigan davrni nazarda tutayotganini aytdi. Xariddan 1,5 yil o‘tib Semi'dan foydalanish faqat foydaga olib keladi. 

Monkmayyer shunchaki elektrodvigatel va dizelli kuch qurilmasini taqqoslashni taklif qiladi. Faqat qurilmaga qarab elektrodvigatelning xizmat ko‘rsatishda arzonroqqa tushayotganini bilish mumkin. Unda detallar kamroq, ayniqsa, tez ishdan chiqishga moyil detallar. 

DHL birinchilar qatorida 10 ta Semi yuk mashinasiga buyurtma berdi. Kompaniya birinchilar qatorida ushbu modellarni qo‘lga kiritadi — bu ikki kompaniya test dasturlarining bir qismi. Tesla aks aloqani his qiladi, DHL esa elektr yuk mashinalaridan foydalanish samaralimi yoki yo‘q - baholaydi. Rejaga ko‘ra, testlardan so‘ng DHL yuk mashinalari partiyasiga katta buyurtma beradi. 

Bu hozircha nazariy taxminlargina, xolos. Kompaniyalar endigina amaliy sinovlarga o‘tishadi. Biroq Maskning so‘zlari dizel yonilg‘isi qimmatlashuvi bilan birga tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Ilon Mask har bir mil 20 foizga arzonroq bo‘lib borishiga va'da bergan. Tarmoqda esa yuk mashinasining yuqori samaradorligini isbotlovchi videolar paydo bo‘la boshladi.

Mavzuga oid