Jahon | 18:00 / 27.02.2018
3620
1 daqiqa o‘qiladi

Kambojada xorijiy sayyohlar bo‘lgan avtobus halokatga uchradi, qurbonlar bor

Foto: Twitter/SophengCheang

Kambojada xorijiy turistlarni olib ketayotgan avtobus ishtirokida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Avariya seshanba kuni, mamlakatning asosiy turistik markazi Siyemreap va poytaxt Pnompenni bog‘lovchi trassada qorong‘u vaqtda yuz berdi. Avtobus burilmoqchi bo‘lgan mikroavtobusga kelib to‘qnashgan.

Sayyohlik avtobusi haydovchisi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, to‘rt nafar nemis, Tailandning uch fuqarosi, uch nafar angliyalik, ikki fransuz, ikki isroillik, to‘rt kambojalik va bir xitoylik turli darajada jarohat oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid