O‘zbekiston | 12:41 / 28.02.2018
6784
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi mamlakatlar o‘rtasidagi salohiyat haqida gapirdi

Foto: Tazabek.kg

O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo-iqtisodiy jihatdan katta salohiyatga ega. Bu haqda 28 fevral kuni O‘zbekiston sayyohlik salohiyati taqdimot marosimida O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy iroda tufayli Qirg‘iziston va O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlarni kuchaytirdi. «O‘tgan yili yangi kelishuv imzolandi, u bizning barcha turoperatorlarga ushbu kelishuv doirasida turizm sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradi. Bizda savdo-iqtisodiy nuqtai nazardan katta salohiyat bor», - deya ta'kidlab o‘tdi u. Bildirilishicha, tomonlar tashqi savdo aylanmasi hajmini 500 million dollarga oshirishni rejalashtirgan va O‘zbekiston bunday hamkorlikka tayyor.

Elchining xabar berishicha, O‘zbekiston sayyohlik sohasini rivojlantirishga tayyor. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat turizm sohasiga juda jiddiy munosabatda bo‘lmoqda.

«Bizda foydalanilmagan salohiyat bor va uni shunday rivojlantirmoqchimizki, bunda har bir sayyohning kayfiyati yaxshi bo‘lishi hamda u yana ortga qaytib kelishi kerak», - dedi u.

K.Rashidov O‘zbekistonga tashrif buyurishning sabablari orasida quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi: boy tarix, YuNESKO ro‘yxatiga olingan tarixiy shaharlar va joylar, turizmning turli turlari.

«Biz qilayotgan narsaning hammasini YuNESKO bilan kelishilgan holda bajarmoqdamiz. Bundan tashqari, ekologik sayyohlik uchun tabiiy joylar bor, juda mashhur taomlar, mevalar, sabzavotlar mavjud», - degan elchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonga 2,7 million sayyoh tashrif buyurgan va 5 yil ichida ushbu ko‘rsatkichni ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.

«O‘tgan yili Samarqandga 1,2 million sayyohga tashrif buyurdi va chet ellik sayyohlardan tushgan daromad 62 million dollarni tashkil etdi», - dedi u.

Mavzuga oid