Jahon | 07:49 / 06.03.2018
26865
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Shimol va Janubni birlashtirishning yangi tarixini boshlamoqchi

Foto: AP Photo / KRT via AP Video

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentining maxsus vakillari delegatsiyasi bilan uchrashuvda Koreya yarimorolida keskinlikni yumshatish va Koreyalararo munosabatlarni rivojlantirish, jumladan, oliy darajada uchrashuv o‘tkazish masalalari bo‘yicha fikr almashgan va “vatanni birlashtirishda yangi tarixni boshlamoqchiligini” aytgan.

Kim Chen In “Koreyalararo munosabatlarni ilgari surish va vatanni birlashtirishda yangi tarixni ochishga qat'iy istak-irodani” ifoda etdi. Unga Janubiy Koreya prezidentining maktubi topshirilgan, u “prezident Mun Chje Inning oliy darajada uchrashuv o‘tkazish fikri” borasida maxsus vakilni tinglagan, fikrlar almashgan va taklifni qabul qilgan. Shimoliy Koreya yetakchisi tegishli tashkilotlarga “buning uchun zudlik bilan choralar ko‘rish” topshirig‘ini bergan.

Uchrashuvda Shimoliy Koreya tomondan Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol va Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon ishtirok etgan. Aynan ular Janubiy Koreyaga Olimpiada ochilishiga kelgan Shimoliy Koreya delegatsiyasiga boshchilik qilishgandi.

5 mart kuni Pxenyanga Janubiy Koreyaning 10 kishidan iborat delegatsiyasi keldi. Ular orasida Janubiy Koreya prezidentining 5 nafar maxsus elchisi bo‘lgan. Ular orasida ikki kishi ajralib turgan: Janubiy Koreya milliy razvedka boshqarmasi boshlig‘i So Xun va prezidentning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon.  

Ular Shimoliy Koreya yetakchisiga Janubiy Koreya prezidentining maktubini topshirishlari, Kim Chen Inning Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazish taklifini muhokama qilishlari hamda Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasida muloqotni tiklash imkoniyatlarini aniqlashlari kerak edi.

Mavzuga oid