Jahon | 15:24 / 06.03.2018
5598
1 daqiqa o‘qiladi

Sharqiy G‘utada yana kimyoviy hujum, 30 kishi jabrlangani aytilyapti

Foto: Reuters

Sharqiy G‘utada ro‘y bergan navbatdagi kimyoviy hujum oqibatida kamida 30 kishi jabrlandi, ular orasida ayollar va bolalar ham bor. Bu haqda Anadolu Damashq atrofidagi aholi punkti fuqarolik mudofaasi boshqarmasiga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, hodisa Xamuriya shahri atrofida 5 mart kuni yuz berdi. Zaharli gazdan nafaqat ayollar va bolalar, balki ikki nafar qutqaruvchi ham jabrlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTda Sharqiy G‘utada Suriya hukumat kuchlari harbiy amaliyotni boshlagandan keyin necha kishi halok bo‘lgani va jarohatlangani hisoblab chiqilgandi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 18 fevralda boshlangan jangovar harakatlar natijasida 2 hafta ichida 600 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 2 ming kishi yaralangan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid