Jamiyat | 09:00 / 08.03.2018
11411
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Artel korxonasi O‘zbekiston ayollarini Xalqaro ayollar kuni bilan tabriklaydi

Foto: Artel 

8 mart bahor ayyomining eng go‘zal bayramlaridan biridir. Xalqaro ayollar kuni bayramida biz Sizga baxt va saodat, shodlik va quvonch, sihat-salomatlik va ulkan omad tilaymiz. Oilangizdan tinchlik va hotirjamlik, yuzingizdan esa tabassum hech qachon arimasin.

“Ayolni e'zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz. Ayniqsa, siz, azizlaring sog‘lom zurriyod, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdagi o‘rningiz va xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo‘lmaydi” - deb e'tirof etadilar yurtimiz prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.

Foto: Artel 

Yurtimizda ayollarning jamiyatdagi o‘rni juda ham katta. Zamonaviy  ayollar nafaqat mehribon ona, balki a'lo rahnamo, ilmu-fan va hamda turli xil boshqa yo‘nalishlar arbobi bo‘lib faoliyat ko‘rsatishmoqda. Yuzlab opa-singillarimiz “O‘zbekiston fan arbobi”, “O‘zbekiston xalq shoiri”, “O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston xalq artisti” singari davlatimiz yuksak faxriy unvonlariga sazovor bo‘lganlar.  

Muhtaram ayollar, Artel maishiy texnikasi sizga qulaylik va shinamlik baxsh etmoqda degan umiddamiz. Aynan Siz bizni yanada qulay, sifatli va uy ishlarida ishonchli maishiy texnika ishlab chiqarishga ilhomlantirasiz.

Qadrli ayollar, doimo katta quvonch va hayajon bilan kutiluvchi go‘zallik va nafosat ayyomi bilan sizlarni chin dildan tabriklaymiz, barchangizga salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz.

Hamisha sog‘-omon bo‘ling.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid