Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda voyaga yetmagan shaxsni o‘ldirib ketishdi
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Kasbi tumani Qamashi qishlog‘ida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan Q.B. 2018 yil 6 mart kuni soat 09.00larda birga yashovchi o‘g‘li, 15-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 2001 yilda tug‘ilgan H.Q. uyidan qo‘ylarini boqish maqsadida chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Qamashi qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Mirishkor” kanalidan H.Q.ning bosh qismidagi jarohati bilan jasadi topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qamashi qishlog‘ida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan B.Sh. o‘zaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025