O‘zbekistondagi do‘konlarda plastik paketlarni bepul berish taqiqlanishi mumkin
Kelgusi yildan boshlab O‘zbekistonda atrof-muhit ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sellofan paketlardan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan qator cheklovlar joriy etilishi mumkin. Tegishli qaror loyihasi Davlat Ekologiya qo‘mitasi tomonidan tayyorlandi va muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonning barcha savdo nuqtalarida polimer qatlamdan tayyorlangan paketlarni bepul berish yoki sotiladigan tovarlar narxiga qo‘shish taqiqlanadi. Do‘konlarda paketlar alohida mahsulotga aylanadi, bu Rossiya, Qirg‘iziston va ko‘plab xorijiy mamlakatlarda bo‘lgani kabi ko‘rinish oladi. Bundan tashqari, 2019 yildan boshlab paketlarni tannarxidan arzonga sotish taqiqlanishi mumkin.
2019 yil 1 yanvardan savdo sohasida tovarlarni solish uchun qalinligi 15 mikrondan kam bo‘lgan va hajmi 5 litrdan kam bo‘lgan polimer qatlamdan paketlarni ishlab chiqarish va O‘zbekiston hududiga olib kirish taqiqlanadi.
Loyihada ta'kidlanishicha, 2019 yil 1 yanvardan barcha paket ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilarga paketlarga savdo nuqtalari nazorat-kassa mashinalari skanerlari tomonidan o‘qilishi uchun maxsus kodlarni joylashtirish talabi qo‘yiladi. Soliq va bojxona organlariga bu boradagi talablarni bajarish ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish vazifasi topshirildi.
Qaror loyihasi hozircha muhokama bosqichida. Fuqarolar bu borada o‘z takliflari va fikrlarini bildirishlari mumkin.
Mavzuga oid
07:50 / 11.09.2024
426 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlandi
10:27 / 08.07.2024
“Qani SES, qani Soliq?” – Shavkat Umrzoqov poytaxt do‘konlaridan birida “reyd” o‘tkazdi
11:16 / 01.03.2024
Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida portlash sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘lgan
11:45 / 29.04.2023