Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi OAV axborotlarida endi yosh cheklovlari ko‘rsatiladi
“Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi, deb yozmoqda O‘zA.
Mazkur qonunda axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi va yosh toifalarini belgilash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu jamiyat hayotida yangilik. Endilikda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar, blogerlar, reklama vositalari hamda boshqa turdagi axborot kanallari orqali tarqatilayotgan axborotlarda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotdan himoya qilish maqsadida 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlari aks ettirilishi shart. Qonunga ko‘ra, yoshga oid tasnifni belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda mamlakatimiz hududida tarqatish boshlangunga qadar amalga oshiriladi.
Ya'ni, qonun kuchga kirishi bilan har bir axborot tarqatuvchi fuqaro hushyorlikka amal qilgan holda o‘zlari yoki bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga ko‘ra tarqatilayotgan axborotga yosh toifasini qo‘yishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 9 sentabr kuni qabul qilingan mazkur qonun joriy yil 9 martdan boshlab kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi
10:05 / 02.05.2025