Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» O‘FA ixtiyoriga o‘tadi
Toshkentning «Bunyodkor» sport majmuasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ixtiyoriga o‘tadi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovga asoslanib xabar bermoqda.
«Olimpiya zaxiralari kollejiga endi futbol bo‘yicha qabullar bo‘lmaydi. Futbol bo‘yicha alohida akademiyalar joriy qilinadi. Har bir hudud uchun alohida akademiyalar joriy qilinadi va bitta Respublika markazlashgan akademiya bo‘ladi.
Toshkentdagi «Bunyodkor» stadioni, sport kompleksi O‘FA ixtiyoriga o‘tkazilmoqda. Aynan shu yerda Respublika akademiyasini joylashtirish ko‘zda tutilgan», deya gapirib o‘tgan Ahmadjonov.
Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
15:56 / 10.10.2024
O‘zbekiston - Eron o‘yini sababli «Bunyodkor» stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024