Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyatchilarni bir zumda aniqlovchi «aqlli» ko‘zoynaklar sinovdan o‘tkazilmoqda
Foto: AP Photo
Pekin chekkasidagi nazorat punktida mahalliy politsiya yangi xavfsizlik qurilmasini - bir zumda yuz ifodasini, avtomobillarning ro‘yxatdan o‘tgan belgilarini qayd etuvchi va ularni real vaqt rejimida gumon ostidagi shaxslarning ma'lumotlar bazasi bilan taqqoslay oluvchi aqlli ko‘zoynaklarni sinovdan o‘tkazadi.
LLVision kompaniyasi tomonidan yaratilgan ko‘zoynak avtomobillar ichidagilarning yuzlarini skanerlaydi, ular qonunbuzarlar ro‘yxatidagilar bilan to‘g‘ri kelsa, "qora ro‘yxat"dan chiqarib beradi.
"Xitoy rahbariyati qachonlardir internet-texnologiyalar va kommunikatsion texnologiyalar rivojidan xavotirda edi, - deydi China Media loyihasi hammuassisi va Honkong universiteti ommaviy axborot vositalari sohasi tadqiqotchisi Devid Bandurski. - Hozir ular misolida ijtimoiy va siyosiy nazorat uchun zarur jihozlarni ko‘rishmoqda".
Biroq LLVision ijrochi direktori Vu Fey Xitoy fuqarolari konfiditsiallik masalasida xavotir olmasliklari mumkinligini aytdi, zero Xitoy hukumati bu jihozlardan "ezgu maqsadlarda" foydalanmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025