Jahon | 19:10 / 15.03.2018
25125
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Markaziy Osiyodagi suv muammolari haqida nima dedi?

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi suv muammosi mavzusida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz. 

Nazarboyevning Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlari bilan birinchi maslahatlashuv uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma'lum qilishicha, mamlakat yetakchilari muammoli suv masalalarini o‘zaro hal qilishdi.

"Eng asosiy masala – bu suv muammolari. Bizning davlatlar – bu shu yerda – Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashovchi 70 mln odam. Bu yerda ushbu masalada siyosiy savdo bo‘lishi kerak emasligiga kelishib oldik", - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston prezidenti.

"Biz bu masalani barcha davlatlar manfaati yo‘lida birgalikda hal qilishimiz kerak. Ham gidroinshootlar, ham suv yo‘llari, ham elektr energiyasi", - deya xulosa qildi u.

Mavzuga oid