Jahon | 22:40 / 19.03.2018
12706
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi maqsadiga erishgan Turkiya endi Iroqda harbiy amaliyot boshlash bilan tahdid qilmoqda

Foto: The National

Turkiya istalgan vaqtda Iroq Kurdistonining Sinjar shahrida harbiy amaliyot boshlashi mumkin. Bunday bayonot bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an chiqdi. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara Bag‘dod bilan Iroqdagi aksilterrorchilik amaliyotini muhokama qilgan. “Turkiya qurolli kuchlari istalgan vaqtda Iroqning Sinjarida Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilariga qarshi amaliyot boshlashi mumkin”, deb e'lon qilgan Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘anning bu bayonoti u Suriyaning Afrini olinganini e'lon qilgandan bir kun o‘tib yangragan. Erdo‘g‘an terrorchilarga qarshi kurash Suriyaning boshqa hududlari, jumladan Myunbich, Ayn al-Arab (Kobani), Tall-Abad, Rasulayn va Qamishlida davom etishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid