Sport | 09:35 / 20.03.2018
4004
1 daqiqa o‘qiladi

Fantastik natija. Lebron Jyeyms MBAda 60-marta hafta o‘yinchisiga aylandi

Foto: AFP 2018/ ELSA

«Klivlend Kavalers» basketbol klubi forvardi Lebron Jyeyms Milliy basketbol assotsiatsiyasining Sharqiy konferensiyasida 60-marta hafta o‘yinchisi, deb tan olindi. Bu rekord natijadir, deya xabar bermoqda «Sovetskiy sport».

«Klivlend» o‘tgan hafta uch uchrashuvidan ikkitasida g‘alaba qozondi. Jyeyms o‘rtacha 32 ochko, 13,3 to‘pni egallab olish, 9,7 to‘p uzatish, 2 to‘sib qo‘yish hamda 2,3 blok-shottlik ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu 38 daqiqadan iborat o‘rtacha o‘yin vaqtida yuz bergan.

G‘arbiy konferensiyada «Oklaxoma-Siti Tander» a'zosi Rassel Uestbruk eng yaxshi o‘yinchiga aylandi, u to‘rtta g‘alabali bahsda 25,5 ochko, 12 to‘p uzatish, 11,3 marta to‘pni egallab olishni qayd etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid