Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya samolyotlari Suriyadagi qochqinlar lageriga aviazarba berdi - OAV
Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya aviatsiyasi aviazarbalari natijasida ko‘plab oddiy odamlar halok bo‘ldi va yana 15 nafar kishi jarohat oldi. Bu haqda Anadolu Suriya muxolifati vakili Abu Rayodaga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Xmeymim aviabazasidan havoga ko‘tarilgan Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining Su-24 samolyoti viloyat janubidagi Xas aholi punktidagi qochqinlar lageriga ikki marta aviazarba bergan. Qayd etilishicha, ushbu hudud Suriyadagi keskinlikdan xoli zona tarkibiga kiradi.
Nashrning ko‘rsatishicha, Idlib va Xama viloyatlaridagi aholi punktlariga berilgan aviazarbalar natijasida so‘nggi o‘n kun ichida 30dan ortiq inson halok bo‘ldi va yana 66 kishi jarohat oldi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025