Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi
Bugun, 21 mart kuni Navro‘z bayramida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Samarqandga tashrif buyurdi va bayramni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazdi.
Qo‘shni davlat rahbari O‘zbekiston xalqini Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi.
«Bugun Navro‘z, shu kunda Shavkat Miromonovichning taklifi bilan O‘zbekistonga keldim. Butun o‘zbek xalqini Navro‘z bayrami bilan qutlayman.
Biz yaqinda Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk maslahat uchrashuvini o‘tkazdik. Prezidentlar birga bo‘lishga, savdo-sotiqni, madaniyatni birga rivojlantirishga kelishdik. Alloh bizni qo‘llasin!
Qozoq bilan o‘zbek xalqining tarixi, tili, dini, borlig‘i bir. Bu necha zamonlardan, asrlardan beri saqlanib kelmoqda. Ota-bobolarimizning aytganlarini yodda saqlab, birga bo‘lmog‘imiz kerak. Bugungi qiyin zamonda bir-birimizga ko‘makdosh bo‘lishimiz kerak», dedi Qozog‘iston rahbari.
Mavzuga oid
12:33 / 22.03.2025
Diplomatlar o‘zbek xalqini Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi
17:58 / 21.03.2025
Foto: "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?
10:33 / 21.03.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
23:41 / 20.03.2025