Jahon | 19:00 / 22.03.2018
20877
1 daqiqa o‘qiladi
Savchenko qo‘lga olinganidan so‘ng bayonot berdi
Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko qo‘lga olinganidan so‘ng bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Parlamentda terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanayotgan deputat Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati boshqarmasiga piyoda kelgan.
«Hukumat o‘z tanlovini amalga oshirdi, endi sizlar tanlashingiz kerak», - deya aytib o‘tdi Savchenko va Ukraina Xavfsizlik xizmati binosiga kirib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputat Nadejda Savchenkoni javobgarlikka tortish, qo‘lga olish va hibs qilishga rozilik bergandi. Nadejda Savchenko mamlakat parlamenti binosida qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
10:18
Reuters: Bayden Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda
09:31
The Economist Ukrainaning yo‘qotishlarini 60-100 ming kishiga baholadi
09:14
Volin qirg‘ini: Ukraina va Polsha eksgumatsiya haqida kelishib oldi
00:28