Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar bog‘chalari videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanadi
2018 yilning 17 martidan boshlab maktabgacha ta'lim muassasalarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me'yorlari tasdiqlanib, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu me'yorlarga asosan maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning jismonan sog‘lom, aqliy va intellektual rivojlanishlari uchun lozim bo‘lgan jihozlar, o‘yinlar hamda o‘yinchoqlar kiritilgan.
Xususan, endilikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni jismonan sog‘lom rivojlanishi uchun chiniqtirish va yassi oyoqlikni oldini olish uchun yo‘lakchalar, relaksatsion kreslolar, havo tozalagichlar (resirkulyator), sterilizatorlar, aqliy rivojlanishi uchun “Bank”, “Pochta”, “Ferma”, “Avtomobil turargohi” va boshqa o‘yin markazlari, intellektual rivojlanish uchun ko‘p funksiyali sahnalar, “Tasviriy faoliyat” burchaklari bo‘lishi lozim.
Shuningdek, har bir maktabgacha ta'lim muassasasi hududi, o‘yin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan videokuzatuv texnikasi bilan jihozlanadi.
Mavzuga oid
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
11:38 / 25.04.2025