Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OLCHA Farg‘onada gulladi! OLCHA Superligada gulladi!
O‘zbekistonda elektron tijorat sohasida gullagan loyiha – Olcha.uz internet do‘koni Vatanimiz sporti, xususan futboli rivoji yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘lagan.
Do‘stlar, futbolsevarlar! Olcha.uz endi Siz bilan!
Olcha.uz internet do‘koni O‘zbekiston futbolida o‘z o‘rniga ega, buyuk tarix va nurli kelajagi bor jamoa - Farg‘onaning «Neftchi» klubi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Har ikki tomonning manfaatlari asosida endi O‘zbekistonning ko‘p marta chempioni va kubogi egasi, yurtimizdan tashqarida ham taniqli bo‘lgan, ko‘plab turnirlar ishtirokchisi va g‘olibi, vodiy futboli peshqadamlaridan biri «Neftchi» futbol klubi endi Olcha.uz bilan do‘st tutindi.
Hamkorlik haqida klub marketing boshlig‘i Umidjon Nazirdinov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
«Neftchi» Farg‘ona viloyatining bosh jamoasi hisoblanadi. Umuman olganda, tarixiy klubimiz O‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega sanaladi. Zamon rivojlanib bormoqda, futbolga bo‘lgan e'tibor bugun a'lo darajada.
Boshqa professional klublar qatori «Neftchi» jamoasi ham media va marketing sohasida bir qator istiqbolli loyixalarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Yurtimizdagi yetakchi internet do‘koni hisoblanadigan Olcha.uz bilan hamkorlik boshlaganimizdan xursandmiz.
Bu hamkorlik har ikki tarafning nomini yanada ommalashtirishiga, media va marketing sohalari rivojini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonamiz, - deydi Umidjon Nazirdinov.
Uzoq muddatli va samarali natijalarni ko‘zlab tuzilgan «Neftchi» futbol klubi va Olcha.uz internet do‘koni o‘rtasidagi ushbu do‘stlik aloqalari media va marketing sohasidagi qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.
«Ommaviyligi jihatidan mamlakatimizda dastlabki o‘rinda turadigan ushbu sport turiga Olcha.uz internet do‘koni jamoasi ham befarq emas. Millionlar o‘yini futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lgan Olcha.uz «Neftchi» futbol klubiga media va marketing sohalarida hamkorlik qilish taklifini taqdim etdi.
O‘z o‘rnida klub rahbariyati ham taklifimizga ijobiy baho berdi. Albatta, ushbu istiqbolli rejalar ikki tomon uchun ham faqatgina foyda keltiradi deb o‘ylayman. Shuningdek, Olcha.uz mamlakatimizning boshqa futbol jamoalari bilan ham media va marketing sohalarida hamkorlik qilishni maqsad qilgan» – deydi OLCHA SAVDO oilaviy korxonasi ijrochi direktori Elyor Bozorov.
«Neftchi» futbol klubining barcha o‘yinlarida Siz aziz farg‘onalik futbolsevarlarga qo‘shilib, Olcha.uz 12-o‘yinchi rolida bo‘ladi!
Olcha.uz shonli o‘tmishga ega Farg‘onaning «Buyuk chinorlari» bu mavsum chiroyli va g‘alabali o‘yinlari bilan barchani yanada xursand qilishiga tilakdosh!
Olg‘a «Neftchi»
Olcha.uz go‘zal ayyom – Navro‘z munosabati bilan tanlov e'lon qiladi!
21 aprelga qadar o‘tkaziladigan tanlovda oz emas ko‘p emas 10 ta ajoyib sovg‘adan birini yutib olish imkoniyatingiz bor!
1-o‘ringa LG 32” televizori
2-o‘ringa Polaris changyutgichi
3-o‘ringa Polaris multivarkasi
4-o‘ringa MDC Grand smartfoni
5-o‘ringa Transcend portativ xard diski
6-o‘ringa Polaris blenderi
7-o‘ringa Polaris dazmoli
8-o‘ringa Polaris qahva qaynatgichi
9-o‘ringa Xiaomi Power Bank
10-o‘ringa Remax zamonaviy quloqchinlari
Olcha’dan opqoling!
Batafsil: Olcha.uz
Facebook: fb.com/olchauz
Instagram: @olcha_uz
Telegram: https://t.me/joinchat/AAAAAEQJK32MhF5cUdUXOw
Call center: +998(71) 202-202-1
Call center ish vaqti: har kuni 8:00 – 23:00
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
16:50 / 18.10.2023
Chempionlik 22 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi? Bosh sovringa qaysi jamoa asosiy da’vogarligi haqida
10:15 / 29.09.2023
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi
14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi
14:47 / 06.08.2023