Light | 09:30 / 25.03.2018
22354
2 daqiqa o‘qiladi

Zulmatni la'natlagandan ko‘ra, bitta sham yoqqan afzal

Dunyoda yashayotgan millatlar turlicha, ularning madaniyati ham, urf-odatlari ham o‘ziga xos. Quyida keltirilayotgan maqollar ham turli millat vakillarining asrlar osha saqlanib kelayotgan xalq og‘zaki ijodi namunalaridir. 

1.  Ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan. (O‘zbekiston)

2.  Zulmatni la'natlagandan ko‘ra, bitta sham yoqqan afzal. (Xitoy)

3.  Yetti marta yiqildingmi, sakkizinchi marta ham tur. (Yaponiya)

4.  Aqli va saxovati kamligidan hali hech kim nolimagan. (Isroil)

5.  Qayta-qayta urinadiganlar juda kam. (Germaniya)

6.  Bilmaslik uyat emas, bilmay qolib ketish uyat. (Rossiya)

7.  Dengizda orqaga qayta olishingizning hisobini olib suzing. (Daniya)

8.  Agar sen manzilinga tez bormoqchi bo‘lsang yolg‘iz bor, agar uzoq manzilni ko‘zlagan bo‘lsang sherik top. (Afrika)

9.  So‘zlarni sifati muhim, soni emas. (Isroil)

10.  Kuch ishlatadigan kishi fikrlashdan qo‘rqadi. (Keniya)

11.  Ming marta o‘lcha, bir marta kes. (Turkiya)

12.  Sho‘rva ta'mini qoshiq, donolik ta'mini nodon bilmaydi. (Uels)

13.  Eng chiroyli anjirda qurtlar bo‘lishi mumkin. (Zulu xalqlari)

14.  O‘zingni o‘zgartir, taqdir ham o‘zgaradi. (Portugaliya)

15.  Senga g‘iybat qiladigan seni ham g‘iybat qiladi. (Ispaniya)

16.  Bo‘lishilgan baxt ikki marta ko‘p, bo‘lishilgan dard ikki marta kam. (Shvetsiya)

17.  Fillar jangidan ko‘proq qumursqalar zarar ko‘radi. (Tailand)

18.  Indamas nodonni dono deb o‘ylaydilar. (Angliya)

19.  Erishishdan avval maqsad va harakat bo‘ladi. (Gretsiya)

20.  Baliq bersang bir kun to‘yadi, baliq tutishni o‘rgatsang bir umr. (Xitoy)

Mavzuga oid