AQSh rossiyalik diplomatlarga bir hafta muddat berdi
Buyuk Britaniya hududida rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal zaharlanishiga javoban 60 nafar rossiyalik diplomatni o‘z hududidan chiqarib yuborishini ma'lum qilgan AQSh rossiyalik diplomatlarga mamlakatni tark etish uchun bir hafta muhlat berdi. Bu haqda Oq uy rasmiysi ma'lum qilmoqda.
«Ularda 7 kun vaqt bor», degan u Rossiya diplomatlari AQShni qancha vaqt ichida tark etishi kerakligi haqida so‘ralgan savolga javoban.
AQSh shuningdek, Rossiyaning Sietl shahridagi bosh konsulxonasi yopilishini ma'lum qildi.
Bundan avvalroq, AQSh, Ukraina va Yevropa Ittifoqining 14 davlati Buyuk Britaniyaga birdamlik sifatida rossiyalik diplomatlarni o‘z hududlaridan chiqarib yuborishini ma'lum qilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:33 / 22.09.2021
Skripallarning zaharlanishi. Britaniya yana bir gumonlanuvchiga ayblov e'lon qildi
08:30 / 15.06.2020
Skripallarni zaharlashda ishlatilgani aytilgan «Nukus zahri» chindan ham mavjudmi?
00:01 / 08.06.2020
Manba: Sergey Skripal va qizi boshqa ism bilan Yangi Zelandiyada yashamoqda
17:08 / 04.03.2019