Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti Rossiyani “dengiz maxluqi”ga qiyosladi
Vashingtonda AQSh va Rossiya diplomatlarining navbatdagi sirtdan bir-birini ayblashlari kuzatildi. Bunga davlat departamentining Rossiyani dengiz tubidan chiqqan mahluqqa qiyoslagani sabab bo‘ldi. Rossiya elchixonasi bunga javoban natsistlar tashviqotini yodga olishdi.
Gap shundaki, davlat departamenti rasmiy vakili Hezer Nauert doimiy brifinglardan birida Rossiyani dengiz mahluqiga taqqoslagan. Brifing chog‘ida Assoshieyted Press jurnalisti Mett Li Rossiyaning 60 diplomati chiqarib yuborilganidan so‘ng, Amerikadagi bo‘lajak saylovlar xavfsiz bo‘ladimi, degan savol bilan murojat qilgan.
"Biz buning natijasida AQShdagi saylovlar xavfsiz bo‘ladi, deya olmaymiz. Rossiyaning uzun qo‘llari, ko‘plab tutqichlari bor. Bizningcha, ular bizdagi va boshqa mamlakatlardagi saylovlarga qiziqishni davom ettiradi", — degan Nauert.
Hayratlangan jurnalistning qayta savoliga davlat departamenti rasmiysi "u dengiz ostidan chiqqan maxluqdir", deya javob qaytargan.
Rossiya elchixonasi o‘z navbatida Twitter sahifasida "Bugun biz davlat departamentining rasmiy vakili ijrosidagi "Katta bolshevizmga qarshi tomosha"ga guvoh bo‘ldik" deya yozdi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal va uning qizi zaharlanganidan so‘ng, G‘arb mamlakatlari va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar taranglashmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025