Kim Chen In beshta davlat yetakchisi bilan uchrashmoqchi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya mehnat partiyasi vakillari bilan uchrashuvda Rossiya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda Xitoy bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Reuters Yaponiyaning Asahi gazetasiga asosan xabar bermoqda.
«Yaponiya hukumati yetakchilar uchrashuvini qabul qilish istagida ekanini bildirdi. Bu KXDRning mamlakatdagi elchixonasi – Yaponiyada shimoliy koreyalik fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish Assotsiatsiyasi yordamida ro‘y berishi mumkin», - deya ta'kidlanadi nashr xabarida. U KXDRdagi nomi oshkor etilmagan manbalar hamda rasmiy hujjatlarga tayangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Xitoy yetakchisi bilan Pekinda uchrashgani xabar berilgandi. Shuningdek, XXR va KXDR yetakchisi Pekindagi uchrashuvdan so‘ng bir birini o‘z davlatiga tashrif buyurishga taklif qildi.
Mavzuga oid
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024