Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram uzilishlarning oldini olish uchun modernizatsiya ishlarini olib boradi
Telegram messenjeri rahbariyati keyingi vaqtlarda kuzatilayotgan keng ko‘lamli uzilishlarga chek qo‘yish maqsadida uskunalarni yangilaydi, xususan, elektr ta'minotida modernizatsiya ishlarini olib boradi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma'lum qilgan.
Bugun, 29 mart kuni Telegram messenjeri dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, AQSh va Yevropada, MDHda, xususan, O‘zbekistonda ham ma'lum muddat ishlamay qoldi.
Pavel Durovning izohlashicha, uzilishlar «Telegram serveri klasterlaridan birida quvvat o‘chib qolishi bilan bog‘liq muammo tufayli» kuzatilgan.
«Bunday uzilish boshqa takrorlanmasligi uchun biz muhandislarimiz va axborot markazi xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonini o‘rnatdik, elektr ta'minotida modernizatsiya ishlarini boshlaymiz», degan Durov.
U bugungi uzilishlar Amerika va Sharqiy Osiyodagi foydalanuvchilarga taalluqli bo‘lmaganini qayd etib o‘tgan.
Durov shuningdek, bugungi muammolar uchun uzr so‘ragan va foydalanuvchilarga messenjer faoliyati tiklangunicha sabr qilganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025