Jahon | 14:40 / 30.03.2018
24583
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Rossiya va AQSh munosabatlari sovuq urushga yaqin

Foto: AA.com/ Antoniu Guterresh

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni sovuq urush vaziyatiga yaqin deya baholadi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi

"Sovuq urush"da vaziyatni to‘liq nazoratda ushlagan ikki buyuk davlat bo‘lgan. Ikki o‘yinchi bo‘lgan", - dedi Gutterish BMT shtab-kvartirasida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan. 

"Men juda xavotirdaman. O‘ylashimcha, biz sovuq urush davridagi vaziyatga yaqinlashdik", - deya ta'kidladi bosh kotib.

Shu bilan birga, Gutterish iqlimning o‘zgarishi - insoniyat duch kelayotgan eng murakkab muammo ekanini qayd etdi. BMT bosh kotibi 2017 yilda iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq tabiiy ofatlar natijasidagi iqtisodiy yo‘qotishlar rekord ko‘lamga - 230 milliard dollarga  yetganini yodga soldi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida musson yomg‘irlari 160 dan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Afrikadagi og‘ir qurg‘oqchilikdan 900 ming kishi jabrlandi. 

BMT joriy yilning apreliga mo‘ljallangan KXDR va Janubiy Koreya ishtirokidagi sammitni ma'qullaydi, dedi Gutterish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida Koreya yarim orolini yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha jiddiy muzokaralar zarur. Bosh kotib sammit - mavjud muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoni ekanini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga oid